“Ziyoli kelajak” loyihasi Sho’rchida

Date:

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Fenestro” MCHJ hamkorligida Sho’rchi tumanidagi 70-umumta’lim maktabi “Ziyoli kelajak” loyihasi asosida ta’mirlandi.

— Ushbu ezgu tashabbus sabab maktabimizga zamonaviy eshik va deraza romlari o‘rnatildi, — deydi maktab direktori Boboraim Xo‘jamqulov. — Maktabimizning zamonaviy qiyofa kasb etishi biz ustozlar va o‘quvchilarimiz uchun bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi. Biz ustozlar esa yoshlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

Ushbu loyiha davlat va xususiy tuzilmalar, fuqarolik jamiyati hamda ko‘ngillilarni O‘zbekistonda ta’limning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lida birlashtirmoqda. Tashabbusning bosh maqsadi — maktablarda mavjud muammolarni bartaraf etish, har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratib, ta’lim tizimini yanada qulay va sifatli qilishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun