Kontraktni hokimliklar qoplaydi

Date:

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, mahalliy hokimliklar har yili ehtiyojmand toifaga kiruvchi 150 nafar talaba-qizning kontrakt to‘lovini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beradi. Prezidentning 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-sonli qaroriga asosan, hokimliklar birinchi bosqichga qabul qilingan 40 nafar, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar talaba-qizning bazaviy kontrakt to‘lovini moliyalashtiradi.

Mazkur imtiyoz quyidagi toifadagi qizlarga taalluqli:

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida kam ta’minlangan deb qayd etilgan oilalardagi talaba-qizlar;

Yetim yoki ota-onasidan mahrum bo‘lgan qizlar;

Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Shu bilan birga, qarorda ayrim cheklovlar ham belgilangan. Jumladan, ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlar hamda O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplanmaydi.Ushbu tashabbus mahalliy budjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, jamiyatda gender tengligini ta’minlash, yosh qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishga xizmat qilmoqda. Bu esa nafaqat o‘quvchi-yoshlarning, balki butun oilalar va kelajak avlodning ravnaqi uchun muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun