Xirmonga baraka

Date:

Boysun tumani Yuqori Machay mahallasining tog‘li hududida bu yil ilk bor o‘zlashtirilgan yer maydonlarida kartoshka hosilini yig‘ib olish boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi foydalanilmayotgan yerlardan samarali foydalanish, ularda oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgandi.

– Tog‘ bag‘rida yangi o‘zlashtirilgan yerimizga birinchilardan bo‘lib kartoshka ekkan edik, – deydi mahalla faoli Mengli Murtazoyev. – Yer unumdorligi yaxshi bo‘lgani uchun hosil tez pishib yetildi. Bugundan yig‘im-terim ishlarini boshladik. Bu yil o‘nga yaqin yosh ish bilan ta’minlandi. Kelgusida ekin maydonlarini kengaytirib, yuzga yaqin yangi ish o‘rni yaratishni, shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ham rejalashtiryapmiz.

O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini o‘zlashtirish orqali bozorlarga sifatli va arzon mahsulot yetkazib berish, aholining bandligini oshirish hamda tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan oilalar uchun barqaror daromad manbaini yaratish imkoniyatlari kengaymoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun