Fikrni matnga aylantiradi

Date:

Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi fikrlarni bevosita matnga aylantiruvchi noyob implant ustida ish olib bormoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, oktyabr oyidan boshlab mazkur texnologiya amaliy sinovdan o‘tkaziladi.

Innovatsiyaning asosiy maqsadi – nutq qobiliyatini yo‘qotgan yoki jiddiy kasallik tufayli muloqotda qiynalayotgan insonlarga yordam berish. Qurilma inson miyasi faoliyatini bevosita o‘qib, “miyadan ovozga” to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishni ta’minlaydi. Bu esa na klaviatura, na boshqa vositalarsiz faqat tasavvur orqali gapni ifodalash imkonini beradi.

Neuralink prezidenti texnologiyaning mohiyatini shunday izohladi:

“Agar siz biror gapni ichingizda aytayotganingizni tasavvur qilsangiz, implant uni eshitib, matnga aylantira oladi.”

Mazkur tashabbus insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirishi, jumladan, imkoniyati cheklangan insonlar uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Oldingi sahifaXirmonga baraka
Keyingi sahifaNazorat kuchaytirildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun