Aka-uka gʻolib

Date:

Toshkent shahrida tashkil etilgan V Tashkent International Tournament xalqaro dzyudo musobaqasida butun yurtimizning iste’dodli sportchilari ishtirok etdi. Ushbu nufuzli sport tadbirida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidan chiqqan iqtidorli sportchilar – aka-uka Yusupovlar yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar.

Yusupov Abdulaziz musobaqada yuqori mahorat va jismoniy tayyorgarlikni namoyon etib, barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal sohibiga aylandi. Ukasi – Yusupov Bobur ham o‘z vazn toifasida mardlarcha kurash olib borib, musobaqa g‘oliblar podiumidan joy oldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bu yutuqlar nafaqat Jarqo‘rg‘on sport maktabining, balki butun Surxondaryo viloyatining sport sohasidagi salohiyati va yuksak tayyorgarligini namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun