Tong sport bilan boshlandi

Date:

Termiz shahrida kun erta tongdan sport va badantarbiya bilan boshlandi. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari hududida aholi ishtirokida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari tashkil etildi. Guliston, Manguzar va Bog‘ishamol mahallalaridagi o‘yingoh hamda sport maydonchalarida fuqarolar yengil yurish va badantarbiya mashqlarida qatnashdi. Mashg‘ulotlarda Surxondaryo viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tonggi mashg‘ulotlar orqali aholining kundalik jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga kengroq jalb etish va sog‘lom turmush tarzini kundalik odatga aylantirishga e’tibor qaratilmoqda. Zero, sog‘lom hayot tarzi katta o‘zgarishlardan emas, avvalo, har kungi oddiy va muntazam harakatdan boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun