PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Date:

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiruvchi yangi imtiyoz joriy etilmoqda.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi.

Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Uni olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kifoya. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Mazkur imtiyoz nodavlat, xorijiy va harbiy OTMlar, shuningdek, kechki, masofaviy, sirtqi hamda tabaqalashtirilgan kontraktlarga tatbiq etilmaydi.

Chegirma har bir o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llanadi va pedagog maqomi saqlanib qolgan taqdirda keyingi yillarda ham beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun