Stellalar taqdimot qilindi

Date:

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va sayyohlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sariosiyo tumanida 615 gektar maydonni qamrab oluvchi “Sangardak” turizm markazi barpo etilmoqda.

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” turizm kompleksida mazkur markazning master-rejasi hamda loyihalar qurilishi bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi. Videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tgan muhokamada tasdiqlangan loyihalarni jadallashtirish, infratuzilmani sifatli qurish va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish vazifalari belgilandi. Bir haftadan so‘ng ishlar amalga oshirilayotgan hududlarda ijroni o‘rganish belgilandi.

Shuningdek, Badiiy akademiya tomonidan Termiz shahri va tumanlar uchun ishlab chiqilgan stellalar – hudud chegaralarida o‘rnatiladigan ramziy inshootlar taqdimot qilindi. Har bir hududning madaniy va tarixiy xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun