Yangi va zamonaviy

Date:

Aholi salomatligini asrash, kasalliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tibbiyot sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Bu borada Prezidentimizning “Tibbiyotdagi 90 kunlik o‘zgarishlar” loyihasi dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha doirasida soha infratuzilmasini yaxshilash va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 168 ta oilaviy poliklinikada zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Alisher Navoiy” mahallasida joylashgan 26-sonli oilaviy poliklinika uchun yangi, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan bino barpo etildi.

Ushbu tibbiyot muassasasining yangilangan binosi soha mutasaddilari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, aholining turmush darajasini oshirish, salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan bu kabi ishlar uchun nuroniylar Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini bildirib, yurtimiz tinchiligi va ravnaqini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun