Yoshlar markazi foydalanishga shay

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida kapital ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar bilan jihozlangan “Yoshlar markazi” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faol yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Markazdagi sharoitlar bilan tanishuvdan so‘ng, viloyat hokimi ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bayon qilishdi. Mutasaddilarga bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganish, amaliy yechimlar taklif etish hamda yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Yangi “Yoshlar markazi” tuman yoshlarining bilim olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi, turli tadbirlar tashkil etishi hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun