Kredit to‘lashga yengillik beriladi

Date:

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishdagi minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Unda banklarga moliyaviy qiyinchiliklar va murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan, shuningdek, fors-major holatlari tufayli o‘z vaqtida kredit to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalayotgan qarz oluvchilarning amaldagi kreditlari bo‘yicha shartnoma shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) imkoniyatlari borasidagi arizalarini ko‘rib chiqish yuzasidan ichki tartibga ega bo‘lishi talabi qo‘yilmoqda. Bu tartibni bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilish majburiyati yuklanadi.

Mazkur ichki tartib kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (restrukturizatsiya) bilan bog‘liq holatlar, kredit shartnomasi shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga (restrukturizatsiyaga) asos bo‘ladigan moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Loyiha bilan banklar tomonidan kredit shartnomasi rasmiylashtirilgunga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarga kredit majburiyatlari va ehtimoliy tavakkalchiliklar haqida oldindan ma’lumot berish uchun standart chek-list shaklini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Fuqaro kredit shartnomasini rasmiylashtirilishidan avval, chek-listni diqqat bilan o‘qib chiqishi va har bir bandni tushunganini tasdiqlashi kerak. Qayd etilishicha, bu kelgusida kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlanish uchun xizmat qilishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yangi agro markaz

Angor tumani endilikda zamonaviy agro markazga ega bo‘ladi. Bu...

Surxondaryoga “yashil transport”

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari jadal rivojlanmoqda....

Renovatsiya — yangi imkoniyatlar

Yurtimizda aholiga qulay turar joylar yaratish, mahallalarning shaharsozlik qiyofasini...

Faoliyati tiklanmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ishlab...
KunTun
KunTun