Mahalliy hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab beradi

Date:

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi.

Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak. Qarorga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar, boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar toifalariga kiruvchilarga shartnoma puli to‘lab beriladi.

Shu toifaga kirsa ham, ikkinchi mutaxassislikda, O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun