ZARTEPA YETTILIGI E’TIROF ETILDI

Date:

Yurtimizda “mahalla — jamiyat ko‘zgusi” degan tushuncha bejizga aytilmagan. Ana shunday haqiqatni amalda isbotlagan mahallalardan biri — bu Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Zartepa” mahallasi bo‘ldi. Kecha ijtimoiy muammolar girdobida bo‘lgan bu hudud, bugun yuksalish, barqarorlik va totuvlik yo‘lida dadil odimlamoqda.

Avvallari jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qizil toifa”da yuritilgan Zartepa, ko‘p yillik muammolardan salkam voz kechgandek tuyulgan edi. Ammo bir narsa o‘zgardi: bu yerdagi odamlar o‘zgarishni o‘zlaridan boshladi. “Yettilik” jamoasi tashabbus ko‘rsatdi. Ular eshikma-eshik yurdi, tingladi, muammoni eshitdi — eng muhimi, befarq bo‘lmadi.

Natija esa ko‘p kuttirmadi: jinoyatlar soni keskin kamaydi, mahalla “qizil hudud”dan “sariq toifaga” o‘tdi. Bugun bu hududda yoshlar sportga, ayollar tadbirkorlikka, nuroniylar esa jamiyatga ma’naviy tayanchga aylangan. Bu ulkan yutuq va mehnatlar e’tiborsiz qolmadi. Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Elmurod Avazov boshchiligida tuman prokurori Komil To‘raqulov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jo‘rabek Xo‘jaqulov , tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Anvar Almardonovlar ishtirokida “Zartepa” mahallasidagi fidoyi yettilik a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘bat bilan taqdirladilar. Ularning har biri — jonkuyar, sadoqatli, og‘irini yengil qilishga bel bog‘lagan fidoyi insonlardir. Bu e’tibor — ularning yuragiga ishonch, faoliyatiga yangi kuch va dovyuraklik bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun