“Yingxua” bilan hamkorlikda maktab tashkil etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Tyanszin shahrida joylashgan “Yingxua” akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“Yingxua” akademiyasi xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim muassasasi bo‘lib, “Cambridge International” va “Canada OSSD” kabi nufuzli xalqaro dasturlar asosida ta’lim beradi. Akademiya bog‘cha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori maktab hamda xalqaro ta’lim yo‘nalishlarini qamrab olgan to‘liq K–12 tizimiga ega.

Tashrif doirasida akademiya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida Termiz shahrida “Yingxua” akademiyasi bilan hamkorlikda zamonaviy xalqaro maktab tashkil etish masalasi muhokama qilindi va dastlabki kelishuvlarga erishildi. Viloyat hokimi akademiyadagi ta’lim sharoitlari, laboratoriya va ko‘rgazma xonalari, robototexnika, kutubxona va o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov akademiya talabalariga o‘zbek adabiyoti namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘chalar yopiladimi?

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo sharoitida aholi salomatligi, ayniqsa,...

Safda ham, ta’limda ham ildam

Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olish istagini qo‘llab-quvvatlash, ularga teng...

Salomatlik birinchi o‘rinda

Chegaraoldi hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlariga yechim topish...

Bilimi-yu iqtidori imtihonda namoyon

Oliy ta’limga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, iqtidorli...
KunTun
KunTun