O‘zbekiston—Qozog‘iston: “yashil yo‘lak” joriy etiladi

Date:

 O‘zbekiston va Qozog‘iston meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan yuklarni tashish uchun “yashil yo‘lak” tizimini joriy etishni taklif qilmoqda. Bunda bojxona tartibotlarini soddalashtirish, bojxona axborot tizimlarini uyg‘unlashtirish, zamonaviy logistika markazlarini qurish, shuningdek, yuk tashish va yetkazib berishda vaqt hamda moddiy xarajatlarni kamaytirish uchun chegara o‘tish punktlarini modernizatsiya qilish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

G‘ishtko‘prik (O‘zbekiston) – Jibek Joli (Qozog‘iston) va Davut ota (O‘zbekiston) – Tajen (Qozog‘iston) asosiy chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash ishlarini tezlashtirish orqali savdo hajmini va turizm ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi. Sirdaryo viloyati hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi yaqinida joylashgan Sirdaryo–Atameken chegara o‘tkazish punkti infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun