Festival qizg‘in tus oldi

Date:

Janubi–G‘arbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda  Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan  “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun“ shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali“ o‘tkazildi. Dastlab harbiy xizmatchilar mehmonlarni saf maydonida jangovar sahna chiqishlar va Vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari bilan kutib olishdi.

Shundan so‘ng, barcha harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Harbiy qismdagi adiblar xiyobonida Surxon milliy etnomadaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma esa barchaning e’tiborini tortdi. Tadbirning ikkinchi qismi madaniyat markazida davom etdi. Unda taniqli aktyor va aktrisalar, iste’dodli san’atkorlar, shoirlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari va she’rlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun