Sun’iy ongli shifokor paydo bo‘lmoqda

Date:

Microsoft kompaniyasi tibbiyot sohasi uchun maxsus ishlab chiqqan MAI Diagnostic Orchestrator nomli sun’iy intellekt tizimini namoyish etdi. Wired nashri yozishicha, ushbu tizim tashxis qo‘yishda shifokorlarga nisbatan to‘rt baravar aniqroq ishlagan. Uning yordamida tibbiy ko‘riklar narxini 20 foizgacha kamaytirish mumkin.

Tizimda ChatGPT va Gemini kabi yetakchi modellar birlashtirilgan bo‘lib, hamkorlik asosida tashxis qo‘yish amaliyoti taqlid qilingan. Microsoft’ning sun’iy intellekt bo‘yicha rahbari Mustafo Sulaymon buni «tibbiy intellekt sari haqiqiy qadam» deb baholadi.

Tizim 304 ta klinik holat ustida sinovdan o‘tkazilgan. Unda SI tashxis aniqligi 80 foizni, shifokorlarniki esa 20 foizni tashkil etdi. Shuningdek, sun’iy intellekt arzonroq va samaraliroq diagnostika usullarini tanlagan. Biroq ekspertlar ushbu natijalarni ehtiyotkorlik bilan baholashga chaqirmoqda. Ular shifokorlar real hayotda turli yordamchi vositalardan foydalanishi, sun’iy intellekt esa bunday imkoniyatga ega emasligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, SI bemorlarning individual holatlarini qanday hisobga olishi hozircha noaniqligicha qolmoqda. Kompaniya hali tizimni tijoriy maqsadda foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...

Endi elektron guvohnoma beriladi

2025-yil 15-oktyabrda qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq, avtomaktabni tamomlagan...

Tuhfasi kitob

Bandixon tumani, “Birdamlik” mahallasida joylashgan kutubxonaga “Ziyoli kelajak”...
KunTun
KunTun