Bandligi ta’minlandi

Date:

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumanda tadbirkorlik faoliyatlarini o‘rganish maqsadida “Duoba” mahallasida tashkil etilgan “Duoba Parranda” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxona go‘sht yo‘nalishidagi parranda boqish sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda bu yerda 8 000 dona broyler tovuq parvarishlanmoqda. Yaqin kunlarda qo‘shimcha bino tayyorlanib, yana 8 000 dona jo‘ja olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu loyihaga 250 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilgan.

Korxona rahbari Chori Tillayevning taʼkidlashicha, kelgusida baliqchilik yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish, go‘sht mahsulotlarini saqlash uchun muzlatgich qurish kabi rejalari mavjud. Hozirda bu yerda 8 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, tez orada yana 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  Tuman hokimi tadbirkor bilan suhbatlashib, bu kabi tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun