Ishonch — eng muhim ko‘prikdir

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 19-iyundagi PF-95 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon loyihasini tayyorlashda mahalliy va xorijiy ekspertlar hamkorligi ta’minlandi. Normativ hujjat davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish, shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Farmon bilan Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi, maqsadli ko‘rsatkichlari, mazkur strategiyani amalga oshirish bo‘yicha 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi, milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish tartibi hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz ravishda oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Ushbu normativ hujjat davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishda yangi davrni boshlab beradi.
Farmonga ko‘ra, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ochiq va adolatli tanlovlar asosida davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni jalb qiladi, shuningdek, ularning gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishiga ko‘maklashadi. Talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va yo‘nalishlar bo‘yicha ehtiyojlarni o‘rganadi hamda ushbu yo‘nalishda davlat xizmatchilarining xorijda maqsadli stajirovka o‘tashi yuzasidan buyurtmalarni shakllantiradi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
Shuningdek, 2025-yil 1-avgustdan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlar lavozimlarining boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali” orqali o‘tkaziladi. Qonunchilikda lavozimga tayinlashda tegishli organlar bilan kelishilishi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha kelishuv ushbu organlarning vakillarini tanlov komissiyasi tarkibiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga tanlovning suhbat bosqichiga davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar yoki davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillaridan ekspertlarni jalb qilish, tanlov yakunlariga ta’sir ko‘rsatgan va bartaraf etib bo‘lmaydigan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tegishli davlat organiga tanlov komissiyasining qarorini bekor qilish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish kabi huquqlar beriladi. Farmonga ko‘ra, Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari rahbarlik lavozimlari uchun kamida 500 nafar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlik lavozimlari uchun kamida 1000 nafar nomzoddan iborat Milliy kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
Mahallada faoliyat ko‘rsatib, so‘nggi ikki yillik ish faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlaridan iborat 1000 nafar Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tavsiyasiga asosan lavozimlarga tanlovsiz tayinlanadi. Davlat xizmatida talantlarni rivojlantirish hamda har tomonlama yetuk rahbar kadrlarni tayyorlash doirasida Milliy kadrlar zaxirasi tarkibiga kiritilgan nomzodlar ishlab turgan lavozimidan boshqa davlat organlariga bir yilgacha bo‘lgan muddatga vaqtincha xizmat safariga, shuningdek, xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda, birinchi navbatda, iqtisodiyotning drayver sohalariga ustuvorlik beriladi.
Farmonga ko‘ra, davlat xizmatchilariga davlat xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini ta’minlash maqsadida davlat organlari rahbarlari 2025-yil 1-noyabrga qadar davlat xizmatchilariga, istisno tariqasida bir marta, ular egallab turgan lavozimiga muvofiq, biroq, ulardagi mavjud maxsus unvonlardan (martaba yoki malaka darajalari) past bo‘lmagan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari berilishini ta’minlaydi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilingunga qadar davlat xizmatchilariga amaldagi maxsus unvonlari (martaba va malaka darajasi) bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar (ustama, haq) to‘lash davom ettiriladi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xodimlari faoliyati samaradorligini baholash, shu jumladan, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi. Bir so‘z bilan aytganda, Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi.

Botir Davlatov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali yetakchi inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun