Bilimi rag‘bat topdi…

Date:

Mamlakatimizda yoshlarning mukammal ilm olishlari va  kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, yoshlarga katta e’tibor, keng imkoniyat yaratilayotgani o‘z samarasini ko‘rsatayotir. Buni Boysun tumanidagi umumta’lim maktab o‘quvchi-yoshlar timsolida ko‘rishimiz mumkin.

Aytish joizki, 2024–2025 o‘quv yili yakunida Boysun tumanidagi umumta’lim muassasalarining 1533 nafari 11-sinf bitiruvchisidan 47 nafar yoshlar oltin medal va a’lo darajali attestat, 8 nafar yoshlar esa kumush medal va a’lo darajali attestat sohibiga aylandilar. Shuningdek,  49 nafar o‘quvchi xalqaro til sertifikatlari,  429 nafardan ortiq o‘quvchilar milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasalariga qabulda belgilangan imtiyozli ballarga ega bo‘ldilar.

Yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodni har tomonlama barkamol, bilimli va yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga katta e’tibor qaratilayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Qolaversa, ertangi kun kelajagimiz  ilmli, ziyoli yoshlar qo‘lida.

Aynan ular Vatanimizni yanada kuchli, rivojlangan va gullab-yashnagan mamlakatga aylantirishda hal qiluvchi kuchga aylanadi. Yoshlar o‘z bilim, iqtidor va salohiyatini Vatan taraqqiyotiga safarbar etar ekan, ko‘zlangan oliy maqsadlarimizga albatta erishiladi.

Ushbu  ko‘rsatkichlar yoshlarimizning nafaqat bilim sohasida balki doimo oldinda bo‘lishga intiluvchan, yuksak maqsadlar sari intilishlarini yaqqol namoyon etadi.

Dinara Kuzimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun