Bitiruvchlarga oltin va kumush medallar topshirildi

Date:

Termiz shahri umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari uchun unutilmas kun bo‘ldi — 49 nafar o‘quvchi oltin medal, 17 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Bu e’tibor — nafaqat o‘quvchilarning mehnati, balki ularning ustozlari, ota-onalari hamda butun ta’lim tizimi fidoyilarining fidokorona mehnatlari samarasi, sifatli ta’limga berilgan yuksak bahodir.

Tantanali marosimda Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev ishtirok etib, medal sohiblarini samimiy muborakbod etdilar, ularning kelgusi hayotiga ulkan zafarlar tiladilar. Medal sohiblari sahnaga ko‘tarilgan onlarda faxr va quvonchga to‘la nigohlar, hayajon va shukronalik aralashgan ko‘z yoshlar — bu daqiqalar Termiz ta’lim tizimi uchun faxrli sahifaga aylandi.

Har yili medal egalari sonining ortib borayotgani — yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi va ustozlarning mashaqqatli mehnatining yorqin natijasidir. Shuningdek, Termiz shahar Madaniyat bo‘limining iste’dodli ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bitiruvchilar uchun unutilmas lahzalarni hadya etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun