Aksiya haqqoniy bo‘lsin

Date:

Har doim kiyim-kechaklarini kuzatib, yoqqanini xarid qilishga odatlanganim bir do‘konda aksiya e’lon qilindi. Bir ko‘ylak juda yoqar, ammo narxini cho‘ntagim ko‘tarmagani sabab xarid qila olmas edim, aksiya bahonasida niyatimga yetarkanman deb ne ko‘z bilan ko‘rayki, ko‘ylakning avvalgi narxi oshirilib, aksiya narxi doimiy narxda yozilgan edi. Bu qanday o‘yin bo‘ldi, tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushgancha, ortga qayta qoldim. Holbuki, qonunchilikda bunday holatlar man etiladi.

Raqobat qo‘mitasi chakana savdoda aksiya va chegirmalarni huquqiy tartibga solishga doir yangi tartib loyihasini ishlab chiqdi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Muhokama 5 kun davom etadi.

Yangi tartib loyihasida aksiya va chegirmalarga oid asosiy tushunchalarga huquqiy ta’rif berildi. Bunda aksiya – iste’molchilarni jalb qilish va sotuvni rag‘batlantirishga qaratilgan maxsus shartlardagi taklif;

– chegirma narx – avvalgi narxdan ma’lum foiz yoki summada arzonlashtirilgan narx;

– chegirmagacha bo‘lgan narx – oxirgi 30 kun davomida amalda bo‘lgan eng past narx hisoblanadi va uning haqqoniyligi sotuvchi tomonidan isbotlanishi shart.

 Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan chakana savdoda aksiyalar o‘tkazish va chegirmalar taqdim etish bo‘yicha Germaniya, Fransiya, AQSH, Kanada, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy davlatlaridagi meyoriy amaliyot o‘rganilgan. Ularda sun’iy chegirmalar taqiqlanadi (masalan, avval narxni oshirib, so‘ng “chegirma” qilib ko‘rsatish). “Oldingi” narx haqiqiy va hujjatli bo‘lishi shart.

 Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdoda aksiyalar va chegirmalarni tashkil qilish, o‘tkazish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan  O‘zbekistonda chakana savdo qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan ishlab chiqilgan loyihada quyidagi talablar belgilangan:

 – chegirma narxi faqat so‘nggi 30 kun ichida amalda bo‘lgan eng past narxdan kelib chiqqan holda belgilanishi shart;

– aksiyalar haqidagi ma’lumotlar soliq organlariga kamida 10 kun oldin taqdim etilishi lozim;

– sun’iy ravishda narxni oshirib, keyin arzonlashtirib ko‘rsatish man etiladi;

– sotuvchilar aksiya va chegirmalar to‘g‘risida aniq, to‘liq va tushunarli ma’lumot taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati, tovar turkumi, shartlar va h.k.);

– aksiya davomida chegirmalar, bonus va boshqa imtiyozlar amalda bo‘lishi ta’minlanishi lozim; – tovarlar narxiga nisbatan chegirmalar aniq ko‘rsatilishi, iste’molchi so‘ragan taqdirda, avvalgi narxlar haqidagi ma’lumot taqdim etilishi shart.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun