“Yutuqlarimiz ibrat, kamchiliklarimiz esa maktab”

Date:

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan o‘tkazilgan tarixiy uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosi mamlakat miqyosida keng ko‘lamli islohotlarni boshlab berdi. Mazkur islohotlarning samarasini birgina Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasi misolida ko‘rib chiqish mumkin.
“Bog‘zor” mahallasida 14-30 yoshdagi 1 564 nafar yosh istiqomat qiladi. Mahalla hududida 6 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta kutubxona, 11 ta vorkaut sport maydonlari, 1 ta stritboll, 1 ta voleybol maydonchasi va 1 ta muzey yoshlarning mazmunli dam olishi va bilim olishi uchun xizmat qilmoqda.
Yil boshida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, mahalladagi yoshlar balansi shakllantirilib, ular 3 toifaga ajratildi: 11 nafar “og‘ir”, 499 nafar “o‘rta” va 1 054 nafar “yaxshi”. “Og‘ir” toifadagi yoshlarning muammolarini hal etish uchun shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiriga biriktirilib, yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Amalga oshirilgan choralar natijasida ishsiz yoshlarning 11 nafari ish bilan ta’minlandi, 1 nafariga 5 million so‘m miqdorida armiya xizmati uchun to‘lov to‘lab berildi va 8 nafariga imtiyozli kredit ajratildi. Yoshlar yetakchilari tavsiyasi va mahalla yettiligining xulosasiga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 27 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga 56 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 10 nafar yosh aniqlanib, ular bilan yakka tartibda ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Termiz shahridagi harbiy qism komandiriga otaliqqa berilgan 10 nafar yoshning dunyoqarashini o‘zgartirish orqali ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashilmoqda.
Yoshlar muammolarini hal qilish bo‘yicha alohida tizim yaratilib, har oyda tashkilotlar rahbarlari, hududiy hokimliklar va sektor rahbarlarining yoshlar bilan muloqotlari o‘tkazildi. Muloqotlar davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning barchasi ijobiy hal etildi.
2025-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla bo‘yicha 1 580 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 9 ta sport turining mahalla bosqichida 780 nafar yosh qamrab olindi. Ulardan 80 nafari shahar bosqichiga va 15 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Mahalla yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan 20 nafar yosh dizaynerdan iborat jamoa shakllanib, “Milliy liboslar festivali” tashkil etildi, unga 2 000 dan ortiq yosh jalb qilindi.
Yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan “Milliy liboslarimizni zamonaviy talqinda ommalashtirish”ga qaratilgan aksiya, “Yoshlar sog‘lom hayotni tanlaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri respublika bo‘yicha namunali deb topilgan bo‘lsa, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari ichki ishlar vazirligi tomonidan e’tirof etildi.
Joriy yilda “Bog‘zor” mahallasi yoshlari bir qator yutuqlarga erishdilar. Xususan, Gulruxsorabegim Abdusaidova “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi hamda 2025-yilgi QS reytingida dunyodagi eng yaxshi 10 talikka kirgan Amerikadagi eng nufuzli universitetlardan birining magistratura dasturiga rasman qabul qilindi.
Dilshod Ismatov esa viloyatimizda birinchilardan bo‘lib, IELTS xalqaro til sertifikatidan 9 balni qo‘lga kiritdi. Gulmira Ismoilova Navoiy stipendiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Davron Omonov mahalladagi eng yosh dotsent bo‘ldi.
Yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn, huquq va zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” loyihasi yo‘lga qo‘yilib, 120 nafar xotin-qiz qamrab olindi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 210 nafar yosh xorijiy tillarga o‘qitildi. “Ustoz AI” loyihasi doirasida 302 nafar yosh zamonaviy kasblarni onlayn o‘rganmoqda. Kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi orqali 210 nafar, “Mutolaa” loyihasi orqali 780 nafar kitobxon yoshlar kashf qilindi.
“Bog‘zor” mahallasi misolida ko‘rish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlarga oid siyosat va topshiriqlarning ijrosi yoshlar ishsizligini bartaraf etishda, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega. 2025-yil — O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish yili sifatida tarixga kirdi va bu yilda erishilgan yutuqlar kelgusi avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

L.Mengto‘rayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun