Xizmat yanada rivojlanmoqda

Date:

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalarida Kinologiya xizmati tobora rivojlanmoqda. Xizmatda sharqiy yevropa va nemis ovcharkasi, belgiya malinuasi kabi zotdagi xizmat itlari mavjud bo‘lib, ular har xil yo‘nalishlarda — xususan, qidiruv, himoya qo‘riqlash va xavfli moddalarni aniqlashda samarali natijalar bermoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida 10 ga yaqin to‘rt oyoqli sodiq yordamchilar mavjud bo‘lib, ularni parvarishlash, sog‘ligini ta’minlash, doimiy ravishda mashg‘ulotlar olib borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xizmat itlari saqlanadigan joylarni yuqumli kasalliklarga qarshi barqarorligini ta’minlash maqsadida hududiy veterinariya tashkilotlari bilan hamkorlikda belgilangan vaqtlarda veterinariya-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Kinolog mutaxassislarning malakasini oshirib borish uchun muntazam o‘quv yig‘inlari tashkil etilib, xodimlar doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda. Bu esa tizimning yanada samarali ishlashini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimni yanada takomillashtirish va zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun