Qurbon hayiti ezgu tashabbusga boshladi

Date:

Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda mehr-oqibat, saxovat kabi ezgu qadriyatlar keng targ‘ib etilmoqda. Ushbu xayrli kunlar arafasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Tashabbuskor ustozlar Termiz shahridagi “Baynalminal” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi. Tashrif chog‘ida oila a’zolari bilan dildan suhbatlashilib, ularga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari topshirildi. Bu kabi xayrli ishlar nafaqat ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga, balki yoshlarda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun