Yarmarkalar xalq xizmatida

Date:

Azal-azaldan xalqimiz orasida mehr-oqibat va sahovatpeshalik an’analari davom etib kelmoqda. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini arzon va sifatli narxlarda taqdim etish maqsadida Angor dehqon (oziq-ovqat) bozorida  yarmarka tashkil etilgan.

Ushbu yarmarkada go‘sht, un, yog‘, shakar, sabzavot va mevalar kabi kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar xaridorlarga taklif etilmoqda. Mazkur yarmarkada tuman hokimi Qosim Mardonov ishtirok etib, savdo jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Fermerlar va xaridorlar bilan suhbatda bo‘lib, tadbirning tashkil etilishidagi asosiy maqsad bayram kunlari aholiga yanada katta qulayliklar yaratish ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun