Birinchi o‘zbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi Xudoybergan Devonov 1879-yilda tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan.Gap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning o‘sha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga o‘lkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulug‘i Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni ko‘rgan va undan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lib, unga fotoapparatni sovg‘a qilgan.Shunday qilib 1903 yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
1907-yilda Xudoybergan Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan so‘ng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat so‘ragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini o‘rganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan.
Afsuski, Xudoybergan Devonovning hayoti fojeali yakunlangan. 1936-yilda Stalin qatag‘onlari avjiga chiqqan davrda u “xalq dushmani” sifatida hibsga olingan va to‘rt yildan so‘ng otib o‘ldirilgan.Buxoro – katta karvon yo‘li yoqasida joylashgan qadimiy shaxarlardan biridir. XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Buxoro amirlik poytaxti hisoblangan. Bu yerda uylar shahar sharoitidan kelib chiqqan holda, kichikroq qilib, ko‘cha shakliga mos ravishda qurilgan. Shuning uchun ham Buxorodagi uylar 2-3 qavatli bo‘lgan. Uylarning «birun» deyilgan tashqari qism, «darun» deyilgan ichkari qismi yordamchi binolardan iborat bo‘lgan. Buxoro turar joylari «tobiston» – shimolga qaragan yozgi xonalar, «zimiston»- janub yoki g‘arbga qaragan qishki xonalarga bo‘lingan. Har bir xonalar majmui eshiklar orqali markaziy xonaga birlashgan. Baland shiftli yozgi xona mexmonlar uchun mo‘ljallangan, u «madon» – markaziy va yordamchi xonalar ustida barpo etilgan. Koshinlar bilan bezatilgan «shohnishin» martabali mehmonlar uchun mo‘ljallangan. Zallarning ichki qismi ikki sinchli devor va to‘sinlar bilan yopilgan tomdan iborat bo‘lgan. Devorning har ikkala tomoniga baland va past tokchalar, shuningdek ularga mos ravishda o‘yma naqshli va bezak panjarali eshik, derazalar o‘rnatilgan. Gumbazli masjidlarning mehrobi devori tik, ba’zan kvadratsimon botiq va bo‘rtiq shakllar bilan bezatilgan. Binolarning shifti to‘sin, vassa, naqsh o‘yilgan hovo’zlardan iborat bo‘lgan turar-joylarning ichi mehmonxonalarga qaraganda boyroq bezatilgan. Devorlarining tepa qismi ganch suvoq qilinib, «sharafa» karnizi o‘rnatilgan.
Sumalaksimon osilib turgan solinchoqlar, ko‘p qismi qubbasimon tokchalar, o‘yma namoyonlar bezak vazifasini o‘tagan. Namoyonga geometrik shakllar yoki medalyonlar, mehrob qubbalari, yassi dahana yoki davri-poya singari o‘yma yoki chizma naqshlar bilan bezatilgan. Tokchaning ustki qismi qori, muqarnas, iroqi singari gumbazchalarga ega bo‘lgan. Tokchalari bo‘lmagan bir sinchli devorlarga ganchdan quyma bo‘rtma tokchalar o‘rnatilgan. Tokchalar o‘rtasiga chobaka – quyma stillashgan ko‘za tasvirlangan panjara yoki tokchaning ichki qismi hamda alibastr taxtaga xatkash panjara o‘rnatish buxoroliklar uchun an’anaviy hisoblangan. Tokchalar qizil, ko‘k, yashil kabi yorqin bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan. Buxorolik boylarning uylari tokchalari mayda bo‘laklarga ajratilmasdan naqshlar va ganch bezaklar bilan bezatilgan.
Devoriy bezaklarning asosiy qismini guldonda turgan guldasta, gullayotgan daraxt shoxlari, majnuntol novdalari kabilar tashkil etadi. Tasvirlar bir qadarshartli bo‘lsada, bezaklar ancha erkin ishlangan. Ular bir-biriga mutanosib bo‘lib, ranglar yaxshi tanlangan, chiziqlar nafis. Bezaklar rangi to‘qdan och rangga tomon yoki aksincha o‘zgargan. O‘simliksimon bezaklar geometrik ganch bezaklari bilan uyg‘unlashib ketgan. O‘yma ganchlarga ko‘pburchakli yuldo’zlarning geometrik shakli, shuningdek, gul, novda, buta singarilar tasviri tushirilgan. Namoyonlar foni o‘rniga qarab turli ranglarga bo‘yalgan. Shiftga ishlangan bezaklar xona ichini yanada ko‘rkam qilib yuborgan. Shift yo’zasi hovo’zaklarga bo‘lingan. Buxoro turar-joylarining shift va devor bezaklari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Buxoro xonalari devorlari somonli loy, ganch bilan silliqlab suvab, pardozlangan shokilasimon jimjimador araqilar, jozibador naqshlar, yakka- yakka o‘yma oq naqshlar qo‘llanilgan.
Tasvirning bajarilish uslubi ovrupachaga o‘xshasada, uni bajargan kishi mahalliy naqqosh ekanligi toqlar peshtoqidagi gullarning tasvirlanishida, mevali daraxt shoxlari, barglari va mevalarning simmetrik joylashuvida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mehmonxona shohnishinida Ovrupo usulidagi tasvirlar paydo bo‘lishiga tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, 1910-yillarda Buxoro madaniyatiga Ovruponing ta’siri kuchaygan va buxorolik naqqoshlardan Nabi Hafizov ba’zi uylarning naqqoshlik bezagida davriy matbuot, otkritka va boshqalardan foydalanib, yuqoridagi kabi real tasvirlarni ishlagan.
Islimiy naqshlar buxorocha uslubdayedirma tarzida bo‘lib, asosan, yashil, oxira, pushti, osmonranglar ishlatilgan. Asosiy devor tokchalardan va namoyonlardan iborat. Devorning har ikkala tomoniga baland vapast tokchalar, shuningdek ularga mos ravishda o‘yma naqshli va bezak panjarali eshik, derazalar
X1X asr o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyoda birin ketin bosmaxonalar tashkil etila boshlagan. Rus va mahalliy tillarda turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etilishi san’at rivojiga tasir eta borib rassomlar safini kengaytirdi. Bu dastlabki kitobot san’ati bilan bog‘liq rasmlar o‘ziga xos, sodda va ko‘p xollarda harf va geometrik shakllar kombinatsiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan variantlari tarzida ko‘rinadi. Asta kitoblarga illyustratsiyalar kiritish rivojlanabordi. Birinchi mahalliy rassomlar shu san’atda o‘z ijodlarini boshladilar. 1908 yili Toshkentda nashr kilingan “Shohnoma”, “Farxod va Shirin” kabi qator kitoblar illyustratsiyalarini Fakir al-haqir Raxmatulla va Raxmatilla ben Mulla Abdushukur, Saadiyning Guliston hamda “Gurugli dostoniga Sirojiddin Maxsum Siddikiy illyustratsiyalar ishladi. Bu illyustratsiyalarda rassomlar mahalliy miniatyura san’ati apanalaridan ham foydalanishga intilganligi sezlib turadi. Jumladan “Go‘ro‘g‘li” dostoniga ishlangan miniatyuralarda Siddikiy o‘z qahramonlari kayfiyatini realistik talkin etishga harakat qilganligi ko‘rinadi. Rassomlar bazi kitoblar uchun esa xorijiy mamlakatlarda chikkan kitob illyustratsiyalaridan nusxa olib illyustratsiya ishlashlari, shu davrda nashr kilingan “Ming bir kecha” “Ajoyib-g‘aroyiblar, “Farxod va Shirin” uchun ishlangan illyustratsiyalarda ko‘rinadi. Shu bilan birga bu davrda rus va Yevropa kitob sangati an’analari ham keng yoyila boshladi. Nashr etilgan kitoblarning ayrimlari illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Rasmlarning katta qismi realistik harakterda gravyura uslubida bajarilgan. Bu suratlarda Turkiston o‘lkasidagi qushlar, hayvon, jonivorlar tasviri, odamlar ko‘rinishi aks ettirilgan. Machit, madrasa, Turkiston tabiati ko‘rinishlari ham nashr etilgan kitoblarda uchraydi. XІX asr oxiri XX asr boshlari kitob grafikasi o‘zining uslub rangbarangligi bilan ham harakterli. Nashr etilgan kitob bezagi va illyustratsiyalarda milliy san’at va an’analarni kullanganligi sezilsa, boshqa birlarida milliy an’ana va Yevropa kitob bezak va illyustratsiya ishlash san’atining an’analari uyg‘unligi ko‘rinadi, boshqa birida Yevropa realistik kitob bezagi va illyustratsiyalari o‘zining sof ko‘rinishini namoyon etadi. Bu bejiz emas. Russiyanig badiiy hayoti orasidagi munosabatlarni mavjudligi, mahalliy ziyolilarning ilg‘or madaniyatlardan orqada kolmaslikka intilishlari, eng yangi san’at o‘zgarishlaridan ham habardor bo‘lib turish va zamon ruhiga mos asardar yaratishga harakatlari natijasi edi.Shuiing uchun ham XX asr boshlarida rus badiiy madaniyatidagi mavjud bo‘lgan ijodiy izlanishlar, kitob grafikasida ham yangicha shakllar topishga bo‘lgan harakat “Modern” uslubi paydo bo‘lganligini kurish mumkin.”O‘rta Osiyo” almanaxi (1895) shunday nashrlardandir. Geometrik shakl va chiziklar kombinatsiyasi, murakkab elementlari hamda real buyum va predmetlarni soddalashtirib geometrik shakllarga yai;inlashtirib kompozitsiya yaratishga harakat k;ilish shu kitoblar umumiy bezatilish strukturasini tashkil etdi.
Markaziy Osiyoda XIX asr oxiri XX asr boshlarida grafika san’ati rangbarang, kitobot san’atining rivojidagi yangi boskich nafaqat kitob chiqarish balki uning texnologiyasida ham sodir bo‘ldi. Xatto miniatyura ishlash va kuchirish bilan birga ko‘p nusxada nashr etish, shu maksadda bosma harf va rasm shakllari (kleshe)dan foydalanish texnikasining keng kulamda hayotga kirib kelishi kitobot san’atining yangi tomonlarini belgiladi. X1X asr oxiridan grafika san’ati keng ko‘lamda hayotga kirib kelgan va malum miadorda o‘z o‘rnini egallagan bo‘lsa, aksincha rangtasvir,haykaltaroshlik san’ati davr milliy badiiy ziyolilarining shaxsiy tashabbusi sifatida mavjud bo‘ldi va deyarli rivoj topadi. Masalan, 1886-yili Toshkentda bo‘lib utgan ko‘rgazmada usta To‘xta Sodik Xujayev alebasterdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoish etganligi malum.Tasviriy va amaliy san’at. XIX asr o‘rtalaridan tasviriy va amaliy san’atda yangi mavzu va texnologiyalar hayotga kirib kelaboshladi, dastgoh san’aning dastlabki namunalari yaratildi. Bu san’atning mualliflari chetdan kelgan rassom va haykaltaroshlar edi. Bular ichida rus rassom lari V.V.Vereshchagin, yozuvchi va rassom N.N.Karazin, olim va rassomlar Dmitiriy Kavkazskiy, O.Fedchenko, ukrainalik rassom rassom S.Svetoslavskiy, gro’ziyalik rassom G.Gabashvili, haykaltarosh Mikeshin va boshqalar bor. Ular qalamda, tushda, akvarel va guashda, moybo‘yoq va temperada mavzuli suratlar, manzara, portretlar yaratdilar. Ayniqsa Markaziy Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Toshkent kabi kadimiy shaharlarga, ularning obidalariga atab ko‘plab asarlar ishladilar. Bu rasmlar Yevropa ko‘rgazma zallarida namoyish etildi, gazeta va jurnallarda, ilmiy kitob va risolalarda chop etildi. Ishlangan rasmlarning katta qismi etnografik harakterda bo‘lib rassomlar yangi o‘lka, odamlarinikg etnik ko‘rinishlari, kiyinishi, yashash sharoiti va tarzi, ularni o‘rab turgan muhit tasvirini aniq o‘ziga o‘xshatib ishlashga harakat qilganliklari seziladi. Ularni memorchilik obidalari, xalq san’ati va xunarmandchilik namunalari qiziqtiradi. Naturadan(borliqdan) o‘ziga qarab rasm ishlash uslubi bu rassomlarning ko‘pchiligining asosiy uslubi bo‘ldi. Shu jahatidan ularning chizgan rasmlari davrning aniq xujjati sifatida bugungi kunda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan.O‘zbekiston tabiati, me’morchilik obidalari, kundalik turmushni tasvirlashga kirishgan rassom D.V.Velejev(1841-1897) bo‘lib uning grafika asarlarida Toshkentdagi maschit va madrasalar, qo‘rg‘on, shahar chekkasi o‘z aksini topgan. Rassomning asarlari o‘zining kompozitsion yechimi, nur soyaning nozik tuslanishi hamda hayotiy lavhalarni o‘rinli kompozitsiyaga kiritilishi bilan esda koladi. “Eski Toshkent ko‘chasi”, “Eski Toshkentdagi hovli” ko‘rinishlari o‘tmish hayotini shoirona aks ettiradi. Ekspeditsiya bilan kelgan bu rassom asarlari kitob illyustratsiyalar uchun xizmat Turkiston ulkasining maxalliy xalklari rus mustamlakachiligining dastlabki paytidayok xar tomonlama jabr-zulmiga maxkum etildilar. Rus ma’murlari olib borgan eng ayanchli mustamlkachilik siyosatining bir jabhasi — madaniy va ma’rifiy siyosat edi. I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, biz mustakilligimizning yukotish darajasiga yetgan edik. Na chor xukumati, na kizil imperiya saltanati Turkiston xalklarining tarakkiyot etishini xech kachon xoxlagan emas”.
Aynan shuning uchun xam imperiya ma’murlari maxalliy aholining madaniy extiyojlarini kondirish masalasida xam mustamlakachilik siyosatiga tula amal kilgan edilar. Usha davrda bu borada olib borilgan siyosatni maxalliy aholining ma’naviy xayotiga aralashmaslik siyosati, deb kursatilgan bulsa-da, moxiyatan olganda bu siyosat – rus aholisini ulkaga kuchirish, maxalliy aholini ruslashtirish, davlat idoralarida rus tilini tikishtirish, milliy madaniyat rivojlanishini turli yullar bilan buFishdan iborat edi. Mustamlakachilar olib borgan madaniy va ma’rifiy siyosatining moxiyati yana shunda kurinadiki, chor xukumati maxalliy aholi uchun zamonaviy bilimlar bilan tanishtiruvchi maktablar ochishga, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar utkazishga, madaniy okartuv muassasalari ochishga, sanitariya-gigiyena ishlarini yaxshilashga, madaniy alokalar olib borish ishlariga deyarli e’tibor bermagan edilar.Mustamlaka ma’muriyat ruslashtirish siyosatini maorifdan boshlashga qaror qildilar. Xususan, 1880-yilda, Imperiya Davlat Kengashida Turkistondagi maxalliy aholi bolalarini rus aholisi bolalari bilan birgalikda ukitish masalasi kurilib, general-gubernator fon Kaufman tomonidan “ruslar va to’zemetslarning bolalarini birgalikda tarbiyalash” taklifi kiritildi. General-leytenant N.O.Rozenbax esa ibtidoiy turdagi boshlangich maktablar bulgan -rus-to’zem” maktablari tarmoFini yaratish loyixasini ishlab chiqdi.Rossiya imperiyasi boskinidan keyin Turkistonda ochilgan davlat muassasalari, sudlar, banklar va boshka tashkilotlar fakat rus tilida ish yuritayotgan bir sharoitda maxalliy aholi (asosan boylar, savdogarlar, qozilar va oqsoqollar)ning bolalarini rus tiliga o‘rgatish uchun rus-to’zem maktablari ochila boshlandi. Bunday maktab ilk bora 1884-yilda Toshkentda ochildi. Rus ma’murlarining maorif sohasidagi bu siyosatdan ko’zlangan asosiy maksadi – mustamlaka rus ma’muriyatiga sadoqatli amaldorlarni tayyorlash va kelajakda siyosiy axamiyatga ega bo‘lmagan boshqaruv ishlariga maxalliy aholini jalb qilishdan iborat edi.XIX asrning oxirlarida rus-to’zem maktablarining soni yo’zdan oshib ketdi. Bunday maktablarda ukuv kuni ikki kismdan iborat bulib, birinchi kismida ikki soatlik mashg‘ulotni rus o‘qituvchisi (o‘quv, yozuv, xisob buyicha), ikkinchi qismida dasrni maxalliy o‘qituvchi olib borgan.Farg‘ona viloyati xarbiy gubernatori general-leytenant N.I.Korolkov 1898-yilda imperatorga yulagan xisobotida podsho ma’muriyatning Turkiston ulkasini ruslashtirish siyosatidagi dasturini bayon etib, -to’zemetslarning” o’z bolalarini ixtiyoriy ravishda rus-tuzem maktablariga berishiga erishish muximligiga e’tibor qaratgan. Buning uchun u maxalliy ma’muriyat amaldorlariga yakin besh yil ichida ish yuritishni rus tiliga kuchirtirish lozimligini uqtirgan. Shuningdek, Korolkovning ushbu hisobotida maxalliy aholining turmushiga ma’naviy-ruxiy ta’sir utkazish, ulka xotin-qizlarini va bolalarini yevropacha xayot tarziga o’tkazish, rus va musulmon ayollarining yakin mulokotda bulishi orqali musulmon ayollariga xristian tasavvurlarini singdirish Foyasi ham alohida o’rin egallagan edi. Toshkentdagi birinchi rus-tuzem maktabining raxbari bo‘lgan V.P.Nalivkin, “Rus tilini mahalliy aholi o’rtasida keng tarqatish bilan birga ruslar, ayniqsa, xizmatdagi amaldorlarga mahalliy og‘zaki nutqini o’rgatish kerak”, degan g’oyani ilgari surdi. Nalivkin o’zbek tilini o’rganishga oid qo‘llanmalar, lug‘atlar va boshqa asarlarini yozib, nashr ettirgan. Oddiy zobitlikdan viloyat harbiy gubernatori darajasiga ko’tarilgan I.S.Likoshin ham ana shu g‘oya tarafdorlaridan biri edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asrning oxirlarida Turkiston o’lkasida 5281 ming kishi, Buxoro amirligidaa taxminan 3 mln., Xiva xonligida 500 ming kishi yashagan. Bunday sondagi aholini o’z e’tikodi va mafkurasinidan kaytarish, begona mafkuraga, buysundirish jiddiy chora-tadbirlarni talab etishini chor ma’murlari yaxshi anglagan edilar. Qolaversa, tub joy aholisining shonli tarixi, boy madaniyati va ma’naviyati mavjud edi. Aynan shuning uchun ham mustamlakachi ma’murlari Turkiston o’lkasi aholisini ruslashtirish siyosatiga ehtiyotkorlik bilan yondashdilar. Undan tashqari, Turkiston o‘lkasi aholisining asosiy qismini, ya’ni, 95,6 foizini musulmonlar, faqat 3,5 foizini xristianlar, 1 foizini esa boshqa dindagilar tashkil etgan. O‘lkada islom dining mavqeyi yuqori ekanligi, bu sohadagi ishlarga aralashuvda o‘ta ehtiyotkorlikni talab etardi. Rossiya imperiyasi ma’murlari ulka xalqlarining boy tarixi, madaniyati, urf-odati va an’analari, diniy bulsa-da, ta’lim tizimining ma’lum darajada yulga qo’yilganligi bilan hisoblashishga majbur edilar. Ammo, diniy (eski) maktablarda 5-10 yillab ukigan bolalar fakat arab alifbosini ukish va yozishni urganish, Qur’onni yodlash bilan chegaralanib, fanning boshka soxalaridan yo’zaki bilim olish bilan cheklanar edilar. Bu holat haqida K.K.Palen shunday yozgan edi: Turkiston general-gubernatorlarining barchasi maxalliy aholining diniy siyosatiga aralashmaslik siyosatini olib bordilar. Shu sababli xam maktab vositasi bilan biror bir ma’rifiy tadbirni utkazmadilar. Ulkadagi maktablar Turkiston Rossiyaga kushib olinishidan (ya’ni, bosib olinishidan) oldin kanday xolda bulgan bulsa, usha xolatda kolib ketaverdi”.Mustamlakachi ma’murlari maxalliy aholini dunyoviy ta’limga keng jalb kilishni istamaganliklari tufayli Turkiston ulkasida dunyoviy ta’lim tizimini shakllantirishga deyarli e’tibor bermay, uni o’z xoliga tashlab kuydilar. Chunki dunyoviy ta’lim asta-sekinlik bilan ulkadagi mahalliy aholini o’z hak-huquqlarini himoya qilishlari uchun siyosiy kurash maydoniga olib chikishi mukarrar edi.Shuning uchun xam mustamlaka to’zumining keyingi davrida tashkil etilgan rus-to’zem maktablari keng avj olmay, ularning soni kupaytirilmadi. Misol uchun, rasmiy ma’lumotlarga kura, Farg‘ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bor-yug‘i 143 ta rus – to’zem maktabi bulib, ularda 8961 nafar ukuvchi ta’lim olgan. Bu o’sha davrdagi o’lka aholisi umumiy soning 0,17 foizga yaqinini tashkil etgan. Turkistonning sobiq general- gubernatorlaridan biri A.N.Kuropatkin bu haqiqatni tan olib, “biz 50 yil davomida tub joy aholisini taraqqiyotidan jilovladik, maktablar va rus xayotidan chetda tutdik”, deb bejiz aytmagan edi. Rossiya imperiyasining Turkiston o’lkasidagi mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma’rifiy siyosatidan ko’zlangan asosiy maqsad – O‘rta Osiyoda madaniy qoloqlikni yanada chuqurlashtirib, mahalliy aholini o’z tarixi, ma’naviyati, qadriyatlari va milliy urf-odatlaridan begona bulgan manqurtlarga aylantirish, shu yo’l bilan ruslashtirish siyosatini amalga oshirish uchun obyetiv va subyektiv imkoniyatlar yaratish edi.
Bog`dagul Abduqobilova,
Termiz davlat pedogogika instituti talabasi