Maqsad aniq, reja puxta

Date:

Tugallangan o‘quv yili muvaffaqiyatlarga, yutuqlarga boy bo‘ldi. Ta’lim tizimida yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini, iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar. Shu bilan birga o‘qib izlanish, o‘zlikni namoyon etish yili bo‘ldi. Mehnat-u harakatlardan so‘ng o‘g‘il-qizlar munosib hordiq chiqarishga haqlidirlar. Mazmunli dam yangi o‘quv yilini o‘tgan yilgidan-da shijoat bilan boshlashga xizmat qiladi. Albatta, ta’tilda ham o‘quvchi-yoshlarning ijoddan, o‘qib o‘rganishdan, mutolaadan uzilmasligi ham maqsad qilingani nur ustiga nur bo‘ldi.
Ta’tilni risoladagidek o‘tkazish maqsadida esa avval boshdan reja puxta tuzilmog‘i lozim. Ayni maqsadda Termiz shahridagi 24-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish va “Favqulodda to‘qson kunlik” tadbirlarini amalga oshirish mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash va tarbiyaviy ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. Tadbir doirasida turli ko‘rgazmalar va qiziqarli tomoshalar namoyish etildi.
Ayniqsa, kichkintoylar ijodiy ishlari, qo‘l mehnati namunalaridan iborat ko‘rgazmalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Sayida IGAMBERDIYEVA,
Termiz tumanidagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun