“Yuksalish” harakati, O‘zbekistondagi BMT Bolalar jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformatsiyalash” nomli BMTning qo‘shma dasturi amalga oshirilmoqda.
Qo‘shma dasturning maqsadi – normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda bolalar va yoshlar manfaatlarini ilgari surish bilan, mahalliy hokimiyat organlarining rejalashtirish va resurslarni boshqarish bo‘yicha salohiyatini mustahkamlash, sifatli davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va fuqarolarning faolligini oshirishdan iborat.
Dastur Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarining 12 ta pilot tuman va shaharlarda amalga oshiriladi.
Yangi qo‘shma dastur viloyatlar darajasida natijalarga asoslangan boshqaruv va budjetlashtirish sohasidagi qonunchilik va institutsional bazani takomillashtirishga qaratilgan. Bu mahalliy hokimiyat organlariga resurslarni mahalliy ustuvor maqsadlarga hamda yoshlar va bolalar ehtiyojlariga muvofiq yanada samarali, shaffof va hisobot berish asosida rejalashtirish, taqsimlash va nazorat qilish imkonini beradi. Dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish, ishtirokni rejalashtirish va samaradorlikni monitoring qilish ko‘nikmalari va tizimlarini shakllantirish orqali ushbu dastur davlat investitsiyalari bolalar, o‘smirlar va ularning oilalari uchun yaxshilangan natijalarga aylanishini ta’minlashga yordam beradi. Ushbu sa’y-harakatlar davlat va ijtimoiy xizmatlarni yanada adolatli va samarali bo‘lishiga hissa qo‘shib, O‘zbekistonning keng islohotlar kun tartibini va uzoq muddatli barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur yanada inklyuziv va samarali mahalliy boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash uchun jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalanadi.
BMTning qo‘shma dastur doirasida pilot рududlarda, jumladan, Termiz shahrida Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashriflar qo‘shma dasturni mahalliy darajada asosiy manfaatdor tomonlarga tanishtirish, tadbirlarni mahalliy kontekstga moslashtirish va mahalliy salohiyatni rivojlantirish orqali amalga oshirishga qaratilgan. Xususan, tashriflar:
- BMT qo‘shma dasturining maqsadlari, tuzilishi, natijalari va rejalashtirilgan faoliyatini taqdim etish.
- Har bir pilot tuman / shaharda mahalliy Ishchi guruhlarni tashkil etish.
- Imkoniyatlar, qiyinchiliklar va mahalliy ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash uchun ishtirokchilarbilan maslahatlar o‘tkazish.
- Mahalliy boshqaruv manfaatdor tomonlarining salohiyatini oshirish ehtiyojlarini baholashdan iborat.