Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Date:

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va an’anaviy boyliklarini saqlab qolish va avlodlarga yetkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmuasidir. Madaniy meros, avvalo, milliy va mintaqaviy an’analar, til, san’at, me’morchilik, adabiyot va boshqa madaniy ifodalar orqali namoyon bo‘ladi.
Yurtimizda jahonshumul sivilizatsiyalar, havas qilsa, arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan hamda yaratilgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros namunalari insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ana shunday ulug‘vor va boy madaniy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va uni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun O‘zbekistonimiz jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, madaniy yodgorliklar, san’at namunalari, urf-odat va qadriyatlar orqali tanilmoqda. Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlardagi me’moriy obidalar, qadimiy qo‘lyozmalar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari dunyo e’tiborini tortmoqda. Bularning barchasi — xalqimiz ma’naviy yuksakligini ko‘rsatadi.
Madaniy merosni asrash uni muzeyda saqlash bilan cheklanmaydi. Aslida madaniy meros — bu yashaydigan, avloddan avlodga o‘tadigan tirik qadriyatdir. Unga befarq bo‘lmaslik, uni anglash, yoshlar ongiga singdirish zarur. Chunki o‘z tarixini bilmagan, o‘z ildizini anglamagan xalq hech qachon barqaror taraqqiyot sari qadam tashlay olmaydi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Qadriyatlarimiz — g‘ururimiz” kabi loyihalar, moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini qayta tiklash ishlari bunga yaqqol misoldir.
Madaniy meros — bu nafaqat o‘tmishning yodgorligi, balki kelajak uchun yo‘lchi yulduzdir. Uni asrash — o‘zligimizni, milliy g‘ururimizni saqlash demakdir. Keling, bu boylikni ko‘z qorachig‘idek asraylik!
Umidjon Qulmatov,
Sherobod adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun