Ifodaga antropotsentrik tavsif beramiz

Date:

Tilda obrazli ifodalar — bu so‘zlar yoki iboralar yordamida biror narsaning ko‘rinishi, holati, harakati yoki xususiyatlari haqida gapirish usulidir. Tasviriy iboralar ko‘pincha ma’lum bir tasvirni shakllantirishga yordam beradi, bu esa til va uning mantiqiy tuzilmasining yanada boyishiga xizmat qiladi.

Antropotsentrizm — bu insonni koinotdagi asosiy figura sifatida ko‘rish g‘oyasidir, ya’ni insonning fikrlashi va dunyoni tushunishi faqat o‘zini o‘rganish, o‘zgarishlar va hodisalarni o‘z nuqtai nazaridan baholashdan iborat. Antropotsentrizm til yaratishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Inson atrofidagi voqealar va hodisalarni o‘z ichki olamiga asosan tasavvur qilib, tabiatning markazi sifatida o‘zini ko‘radi. Bu jarayon nutqda obrazli ifodalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Antropotsentrik obrazlar ko‘pincha inson ruhiy holatini, fikrlarini va harakatlarini tasvirlash uchun qo‘llaniladi. O‘zbek va ingliz tillarida bu iboralar qanday shakllanadi va ulardagi antropotsentrik unsurlar bir-biridan farq qiladi, lekin har ikkala tilda ham insoniyatning umumiy hissiy tajribasi namoyon bo‘ladi.

O‘zbek tilida antropotsentrik obrazli ifodalar ko‘pincha insonning ruhiy holatiga, harakatlariga, qarashlariga asoslanadi. “Yuragi sinib ketdi” kabi.

Tildagi obrazli iboralar odamning dunyoqarashi va ichki kechinmalarini ifodalaydi. Antropotsentrizm nuqtai nazaridan, inson atrofidagi hodisalarni o‘z ruhiy ahvoli, hissiyotlari va fikrlariga asoslanib tasavvur etadi. O‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli ifodalar bir-biriga o‘xshash ma’nolarni ifodalasa-da, ular o‘z tillarining madaniy va hissiy kontekstlariga mos ravishda farq qiladi.

Dilfuza A’zamova,

TerDU katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...
KunTun
KunTun