Integratsiyalashgan ta’limmi, inklyuziv?..

Date:

Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek, umumta’lim maktablarining katta bo‘lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus maktablarda o‘qitilishi ularning maktabni tugatguncha ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishini qiyinlashtiradi.Hozirgi kunda respub-likamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.
Bugun jamiyatda inklyuziv madaniyat tushunchasi ommaviy ravishda ishlatilmoqda. “Salamanca” deklaratsiyasiga muvofiq har bir o‘quvchining tafovut xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadlari, jinsi, dini, individual imkoniyati va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy agressiyaga yo‘l qo‘ymaslik. Biroq bu konsepsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuziyaga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi. Biroq inklyuziv ta’limning mazmunan mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumot hali yetarli emas.
Inklyuziv va integrasiyalashgan atamalar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin falsafiy nuqtayi nazardan ushbu tushunchalar orasida farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitda joylashtirish integrasiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir.
Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Nogironlikning individual yoki tibbiy ko‘rinishida bola maktabga yoki jamiyatga moslashishi uchun uni o‘zgartirish yoki tiklash kerak deb taxmin qilinadi. Masalan, eshitishda nuqsoni bor bo‘lgan bola umumta’lim sharoitiga moslashish uchun eshituv apparatlaridan foydalanib, gapirishni o‘rganishi kerak.
O‘qituvchi me’yorida rivojlanishidagi boladan esa imo-ishora tilini va muloqotni boshlang‘ich shakllarini bajarishi kerak, aks holda ikkinchi yilga qoldiriladi yoki maktabni tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi ta’lim tizimi har bir bolaga ularning salohiyati va imkoniyatlaridan qat’i nazar sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishga intilmoqda. Bu borada inklyuziv ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi. Mahallalarda yashovchi ba’zi ota-onalarda inklyuziv ta’limga ishonchsizlik mavjud.
Bu borada moliyaviy va tashkiliy muammolar ham yo‘q emas:
— inklyuziv sinflarni tashkil qilish uchun zarur mablag‘lar yetarli emas.
— maktablar orasida tajriba almashuvi va metodik ishlar o‘rni sezilmaydi.
Yuqoridagi muammolarni o‘rganib, tahlil qilib, o‘qituvchi pedagoglarni tayyorlashga e’tibor qaratish lozim va ularni markaziy oliy o‘quv yurtlarida malakasini oshirish, har yili maxsus kurslar orqali o‘qituvchilarni inklyuziv metodlarga jalb qilish, viloyat miqyosida metodik markazlar tashkil etish hamda har bir tuman markazida kamida
1 ta inklyuziv maktabni to‘liq qayta ta’mirlash lozim. Ota-onalar uchun esa treninglar, seminarlar, psixologik maslahatlar tashkil qilish, jamoatchilik inklyuziv ta’limni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirilishida jalb qilinishi shart. Hududlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bunda Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi viloyat boshqarmasi, shifoxonalar bilan hamkorlik qilish muhimdir.
Bugungi kunda inklyuziv ta’limning rivojlanishida xalqaro tajriba asosida tajriba maktablarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Inklyuziv ta’lim — bu nafaqat ta’lim tizimining modernizatsiyasi, balki inson huquqlari, teng imkoniyatlar tamoyillarini hayotga tatbiq etishdir. Viloyatimizda bu borada muammolar bo‘lsa-da, ularni hal qilish bo‘yicha nazariy asoslar, amaliy imkoniyatlar mavjud. Muhimi, tizimli yondashuv va barcha manfaatdor tomonlarning birgalikdagi faol ishtiroki zarur.

Abdusalim Kenjaboyev,
Termiz davlat universiteti, Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi professori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun