Loyihalarning ijrosi bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar va loyihalarning ijrosi bilan tanishdi.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishi, yirik investitsiya loyihalarining qurilish jarayoni hamda ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.
Yakunida mutasaddi rahbarlarga sohalar, tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun