“Voha iste’dodlari” kashf etildi

Date:

Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan ilk bor bolalar musiqa va san’at maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilari oʻrtasida “Voha iste’dodlari” viloyat ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
O‘quvchilarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar qalbida musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida bugun Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 2 bosqichdan iborat bo‘lgan mazkur tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda, 12 ta yoʻnalish bo‘yicha 300 nafar ortiq o‘quvchi qatnashib, belgilangan nizom asosida o‘zlarining iqtidor va mahoratlarini namoyon etishdi.
G‘oliblar diplom bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun