Vatanga qasamyod qilishdi

Date:

Egniga harbiylik libosini kiygan o‘g‘lonlarni ko‘rganimizda ular bilan qanchalar faxrlansak, ularning Vatan oldidagi burchlarini ado etish uchun beradigan va’dalari shundan kam ta’sirlantirmaydi.
Ha, Vatanga qasamyod qilish, yigitlik burchni ado etish sharafdir. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari ham ota-onalar qatori barchaning qalbini faxr-u iftixorga to‘ldirdi.
Marosimlarda harbiy xizmatchilar Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, harbiy burchni vijdonan bajarishga qasamyod qildilar. Tadbirda harbiy qismlar qo‘mondonlari, faxriylar, chaqirilgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun