Mahorati yuksak marralarga eltadi

Date:

Sport ko‘plab iqtidorlarni yuzaga chiqarib, ularning o‘z yo‘llarini topishiga, yuqori marralarni zabt etishiga kuch va ilhom bag‘ishlayapti. Buni erishilgan natijalarning o‘zi isbotlab turibdi. Samarqand viloyatida sportning muaytay turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati musobaqasi esa fikrlarimizning yorqin misoli bo‘la oladi.
Musobaqada muaytay sport turini yaxshi o‘zlashtirib, jangda raqibi bilan muvaffaqiyatli jang olib bora oladigan sportchilar jam bo‘ldi. Musobaqa davomida har bir bosqich, har bir jangni kuzatish tomoshabinlar uchun zavqli kechdi. Har bir muaytaychi bor mahoratini ishga solib, g‘oliblik uchun kurashdi.
Ana shunday murosasiz janglarda Oltinsoy tumani sport maktabi sportchilari Orzugul Fayzullayeva 67 kilogramm vaznda 2-, Sabina Sheraliyeva esa 48 kilogramm vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun