To‘g‘ri yo‘lni tutsak, bas

Date:

Nutq insonning asosiy muloqot vositasi bo‘lib, u orqali inson o‘z fikrini, his-tuyg‘ularini, niyat va istaklarini ifoda etadi. Nutqning shakllanishi bolalik davridayoq boshlanadi. Shu sababli, ta’limning ilk bosqichlarida bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish muhim. Ertak va badiiy adabiyotlar bu jarayonda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolalarda tasavvur, tafakkur, so‘z boyligi va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan birga, nutqiy faoliyatni faollashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Nutqni rivojlantirishda ota-ona va pedagoglarning hamkorligi muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning yoshiga mos ertak va asarlarni tanlaydi, bolalarni fikr bildirishga, savol-javobga jalb qiladi. Ota-ona esa bolani ertak eshitishga rag‘batlantirib, unga uyda ham o‘qib berish orqali mustahkamlab boradi.
Bugungi kunda audio kitoblar, interaktiv dasturlar va multfilmlar orqali ham ertak va badiiy asarlarni bolalarga yetkazish imkoniyati mavjud. Biroq, bu vositalar asosiy emas, balki yordamchi sifatida ko‘rilishi kerak. Bolaning real muloqotda ishtirok etishi, tirik matn bilan tanishishi, u haqda fikr bildirish tajribasi eng muhim vositadir. Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi va “Mercy Corps” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni misol sifatida olishimiz mumkin. Qiziriq tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 11 ta maktabgacha talim tashkiloti bu loyiha ishtirokchilari sifatida tanlab olingan. Bu loyiha doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarimizga 145 turdagi kitoblar, didaktik materiallar, o‘yinchoqlar yetkazib berildi. Ushbu 11 ta tashkilotda kutubxonalar tashkil etildi.
Menga Qiziriq tumanidan 5 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti biriktirib berilgan bo‘lib, ularning mentor-pedagoglari ishtirokida dastur asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar bilan hamkorligini mustahkamlash maqsadida turli xil badiiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, kitob yarmarkalari tashkil etib kelmoqdamiz. Tashkil etilgan tadbirlarda ota-onalar farzandlari bilan birgalikda faol ishtirok etishayotir.

Muhayyo Quvatova,
Qiziriq tumani 5-sonli DMTT direktor o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun