Korrupsiyaga qarshi kurash – inson, jamiyat, davlatning asosiy shiori

Date:

Korrupsiya mavjud bo‘lmagan jamiyat kamdan-kam uchraydi va korrupsiya davlatni tanazzulga yetaklaydi. Korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash inson-jamiyat-davlatning shiori desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, odil sudlovni amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashish xalqning davlatga, qonunlarga nisbatan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy prinsiplar sifatida qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi kabilarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qilish korrupsiyaga qarshi kurashishga yordam beradi.
Qonunda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning o‘zining, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etilishi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shartligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarni rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.
Odil sudlovni amalga oshirishda korrupsiyaning oldini olish nafaqat mansabdor shaxslarga, balki fuqarolarga ham katta mas’uliyat yuklaydi, mansabdor shaxslar o‘z vazifalarini bajarishda hamda fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishda faqat qonun normalari va adolat tamoyillariga tayanishlari lozim.

R.Tojimurodova,
viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun