Natija havas qilarli

Date:

Termiz davlat universitetining talabalari tanlagan sohalari sirlari o‘rganish bilan birga o‘z qiziqishlari doirasida san’at, ijod, ilm-fanda, sportda, ijodda mahoratlarini oshirib borishmoqda. Mahorat esa sinovlarda, davralarda sinaladi. Bu safar ham talabalar “Nazariy mexanika” fanidan IV xalqaro onlayn olimpiadada ishtirok etib, ana shunday sinovdan o‘tishdi.
Turkmaniston davlat energetika universitetida bo‘lib o‘tgan tanlovda dunyoning nufuzli 213 ta universitetidan 681 nafar talaba qatnashdi. Ushbu olimpiadada Termiz davlat universiteti jamoasi jamoaviy bahslarda 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, yakkalik bahslarda Fizika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Yorqin Valmurodov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun