Tanqid emas, harakat muhim

Date:

“Daraxtlar kesilmoqda, tabiat yo‘qolmoqda”. Bunday gap-so‘zlar, albatta, og‘riqli haqiqat. Ammo yana bir haqiqat bor: yuragida yashillik muhabbati bo‘lganlar jim emas. Ular harakatda.
Masalan, M-39 xalqaro yo‘lining Termizdan Sherobodgacha bo‘lgan 61 kilometr masofasida 290 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. Ilgari qarovsiz yastanib yotgan bu yerlar bugun yashil kamarga aylanmoqda.
Faqat ekib qo‘yish bilangina ish bitmaydi. Mazkur yo‘lning 122 kilometr maydoniga zamonaviy sug‘orish tizimlari o‘rnatildi. 32 ta suv havzasi yaratildi. Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi ishga tushirildi. Bu — faqat tabiatga emas, kelajakka qo‘yilgan jondir!
Shunday ekan, ko‘zimizni faqat kesilgan daraxtlarga emas, ekilayotgan daraxtlarga ham tuta bilaylik.

Oldingi sahifaNatija havas qilarli
Keyingi sahifaMavsum boshlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun