Mahkumlarga oliy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Date:

O‘zbekistonda “Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028-o‘quv yilidan mahkumlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish va masofaviy shaklda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi. Bu Prezidentning 16-noyabrdagi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, o‘qishga qabul qilingan mahkumlarning ta’lim olishi uchun jazoni ijro etish muassasalarida videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.

Shuningdek, 2027/2028-o‘quv yiliga qadar jazoni ijro etish muassasalarida 310 ta o‘quv va 420 ta amaliy mashg‘ulotlar xonasi tashkil etiladi. 2030-yilga qadar esa mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida 50 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari joriy qilinadi.

Har yili 15–20 ming nafar mahkumni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish orqali takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, yosh mahkumlar orasidan saylov yo‘li bilan yoshlar faollari tanlanib, ularga har chorakda BHMning uch baravari miqdorida rag‘bat puli beriladi. Barcha koloniyalarda “Yosh kitobxon” tanlovi va “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorning iqtisodiy imkoniyatlari ishga solinmoqda

Hududlarda aholi turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va yangi...

Issiqxona faoliyatini kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududdagi...

San’atga oshno qalblar xalqaro e’tirofda

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida «Золотое яблочко» ijod akademiyasi...

Sportchilarimiz 49 ta medalni qo‘lga kiritdi

Surxondaryo viloyati sportchilari Prezident olimpiadasida 26 ta sport turi...
KunTun
KunTun