Mas’uliyatli xizmat sari ilk qadam

Date:

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimiga yangi qabul qilingan xodimlar uchun tashkil etilgan boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kursi yakunlandi.

Kurs davomida tinglovchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, jismoniy tayyorgarligi hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish qobiliyati yakuniy sinovlar orqali baholandi.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga kursni tamomlaganlik sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda ular egallagan bilim va ko‘nikmalarini xizmat faoliyatida qo‘llab, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va inson hayotini asrashga hissa qo‘shadi.


Zulfiya Sohibova,
Surxondaryo FVB Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona faoliyatini kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududdagi...

San’atga oshno qalblar xalqaro e’tirofda

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida «Золотое яблочко» ijod akademiyasi...

Sportchilarimiz 49 ta medalni qo‘lga kiritdi

Surxondaryo viloyati sportchilari Prezident olimpiadasida 26 ta sport turi...

Mahkumlarga oliy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

O‘zbekistonda “Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028-o‘quv yilidan mahkumlarga oliy...
KunTun
KunTun