“Teatr — ibrat maktabi”

Date:

 Viloyatimizda davlat tashkilotlarida har oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilangan. Shu maqsadda viloyat Musiqali drama teatrida “Imom Termiziy” nomli sahna asari namoyish etildi.

Spektakl tomoshasida  korxona, tashkilot, oliy taʼlim muassasalaridagi ma’naviyatga mas’ul bo‘lgan xodimlar, keng jamoatchilik vakillari, shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Spektaklda buyuk muhaddis olim ijodining yosh avlod ma’naviy-ruhiy olamini boyitishdagi ahamiyati,

milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishdagi o‘rni, hozirgi globallashuv jarayonlarida yosh avlodni islom diniga yot g‘oyalardan asrash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Tomoshabinlar sanʼat asari tomoshasidan zavq olib, oʻtkazgan vaqtiga sira achinishmadi. Buyuk vohadoshimizni yana bir bor oʻzlari uchun kashf etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun