Ishlar jadal tus olgan

Date:

Vohamiz bo‘ylab bahorgi obodonlashtirish ishlari jadal tus olgan. Yosh-u keksa, ishchi-xodim — barcha ona vatanimimizni obod va ko‘rkam qilish ishlariga o‘z hissasini qo‘shishayotir. Bugun ham erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda olib borilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib hududlar, sohalar va tarmoqlar kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, obodonlashtirish ishlari doirasida gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda ko‘chalar va mahallalarni ozoda holga keltirish kabi ishlar amalga oshirildi. Barcha ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o‘z yashash hududlari, mahalla, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...

Ota ismini familiya sifatida beradimi?

Yangi qonun loyihasida ota ismini bolaga familiya sifatida berish...

“DMed” axborot tizimi to‘liq joriy etiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida 1-son politexnikum...
KunTun
KunTun