Elektr va gaz uchun kompensatsiya to‘lanadi

Date:

Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida davlat kompensatsiyasi joriy etiladi. 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
– elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy meyordan 150 kVt soatgacha;
– tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy meyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meyor doirasidagi hamda bazaviy meyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida Reyestrlarga kiritilgan, «mahalla yettiligi» xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun