Yoʻq boʻlib ketgan tur qayta tikladi

Date:

Amerikaning Colossal Biosciences kompaniyasi olimlari yozuvchi Jorj Martinning “Muz va olov qoʻshigʻi” romani asosida suratga olingan “Taxtlar oʻyini” fantastik serialidagi “Ayiqtovon boʻri“ deb nomlagan dahshatli boʻri turini tiklashga erishdi.
“The New York Times”ning maʼlum qilishicha, bu tur 13 ming yil avval yoʻq boʻlib ketgan. Biroq 2021-yilda bir guruh olimlar ularning qazilma-qoldiqlaridan DNKlarini ajratib olishga erishgan.
Tadqiqotchilar hayvonlarga dahshatli boʻrining asosiy xususiyatlarini berish uchun 20 ta kulrang boʻri genini tahrirlagan. Keyin ular tahrirlangan kulrang boʻri hujayralaridan embrion yaratib, ularni surrogat ona-itlarga joylashtirgan va yangi tur tugʻilgunicha kutgan. Natijada, uch nafar sogʻlom boʻri tugʻilgan. Romul, Rem va Kxalisi deb nomlangan boʻrilardan ikkitasi 6 oylik, yana biri 2 oylik. Kutilganidek, ular dahshatli boʻri xususiyatlariga ega: oddiy kulrang boʻrilarga qaraganda yirikroq va och rangli quyuq moʻynaga ega.
Ular hozir AQSH shimolidagi xususiy obyektda saqlanmoqda. Qayd etilishicha, ular keyinchalik ham asirlikda yashaydi. Olimlar bu texnologiya bilan endi yoʻq boʻlib ketish arafasidagi turlarni saqlab qolish mumkinligini aytmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun