Maktab bitiruvchilari o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha imtihon topshiradi

Date:

Bunga oid hujjat loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra endi umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihon topshiradi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchigina davlat namunasidagi elektron sertifikat oladi.
Kasb-hunar bo‘yicha yakuniy imtihon maktab direktori buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Imtihon kuni va vaqti oldindan belgilanib, 15 kun avval e’lon qilinadi. Baholash mezonlari va savollar vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi. Imtihonni o‘tkazish uchun tarkibida kamida 5 nafar a’zo bo‘lgan komissiya tuziladi, ulardan ikkitasi ish beruvchilar bo‘lishi mumkin. Natijalar imtihon tugagan kunning o‘zida e’lon qilinadi, imtihonga qatnasha olmaganlar esa 1-iyulgacha qayta topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sertifikat bitiruvchining kasbiy malakasini tasdiqlaydi va ularni mehnat bozorida faol bo‘lishiga yo‘l ochadi. Sertifikat elektron platforma orqali bepul taqdim etiladi. Har yili 25-iyunga qadar sertifikatlar tayyor bo‘ladi. U yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, platformadan yana yuklab olish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun