Jamoat transportidan foydalanish 21,5 foizga oshdi

Date:

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilarning jamoat transporti xizmatidan foydalanish samaradorligini oshirish, xavfsiz va arzon avtotransport xizmati ko‘rsatish hamda  tirbandliklarning oldini olish maqsadida Termiz shahriga Termiz tumanining turli  hududlaridan kirib kelayotgan M1 toifali, ya’ni 6 ta yo‘nalishli taksi (damas) yo‘nalishlari o‘rniga 2 ta M3 toifali SHAY-246-sonli “Termiz Istiqlol maydoni — “Yangiobod” mahallasi (Namuna, Yangiyer) va SHAY-303-sonli “Shimoliy avtoshoxbekat — Jayronxona sihatgohi” shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, hududlarni jamoat transporti orqali bog‘lashda muhim bo‘lib, aholiga hamda qatnab o‘qiydigan yoshlar uchun juda katta imkoniyat yaratildi deganidir.

Xizmat sifatini yaxshilash yo‘nalishlar bo‘yicha harakatla-nayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarining tartibli harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyatimizning chekka va olis hududlari bo‘lmish Qiziriq va Sariosiyo tumanlarida yangi, zamonaviy, barcha qulayliklarga ega loyiha qiymati 2750,0 ming

so‘mlik avtoshoxbekatlar qurilib foydalanishga topshirildi va natijada 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, olis va chekka hududlarga avtobuslar qatnovini muntazam yo‘lga qo‘yish, norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelayotgan tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida  2024-yilda 3 ta shahar atrofi yo‘nalishi  bo‘yicha tashuvchilarga qonunchilik talablari asosida 500,0 ming so‘m miqdorida  subsidiyalar to‘lab berildi.

Bugungi kunda viloyatimiz bo‘yicha 135 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar orqali qonunchilik talablari asosida litsenziya varaqalari bilan ta’minlangan 330 ta avtobus, 13 ta mikroavtobus va 1552 ta damas hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga tegishli 14 550 ta  to‘rt o‘rindiqli yengil avtomobillar bilan yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Ular 53 ta yo‘nalishda joylashtirilgan va  tadbirkorlarga biriktirib berilishi hisobiga 483 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Yurtimizda jamoat transporti tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Termiz shahrida jamoat transportida xizmat sifatini yaxshilash uchun yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning oraliq interval vaqtlarini qisqartirish va avtobuslarning belgilangan bekatlarga to‘xtab o‘tishini ta’minlash hamda yo‘l kira haqlarini to‘lashda yo‘lovchilarga qulaylik va imtiyozlar yaratish maqsadida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha yo‘l kira haqini avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lov kartalari bilan to‘langanda 30 foizgacha chegirma joriy etilgan. Buning natijasida Termiz shahrida aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 21,5 foizga oshirilishiga erishildi. Qolaversa, avtobus oraliq bekatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bekatga kirib-chiqishi uchun alohida yo‘laklar tashkil etilib, yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar soni oshirildi. Bir qancha  bekatlarda tadbirkorlar tomonidan real vaqt rejimini belgilovchi monitorlar o‘rnatilishi ta’minlanib, avtobuslarning bekatlarga kirib kelishi va to‘xtab turishi uchun xavfsizlik orol (karmashka) lari tashkil etildi.

Bugungi kunda Termiz shahriga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan  barcha qulayliklarga ega “Yutong” rusumli 108 dona zamonaviy avtobusni bank kreditlari asosida  xarid qilish yuzasidan “Yutong” kompaniyasi rahbariyati bilan o‘zaro kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Xarid qilinadigan yangi avtobuslar hisobiga joriy yilda Termiz shahrida jamoat transportida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashish rejalashtirilgan.

SH.Qurbonazarov,

Transportni rivojlantirish sho‘basi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun