Obodlikka oʻzimiz boshmiz

Date:

Bugun xonadonimiz, koʻchalarimiz, mahallamiz, shahar-u qishloqlarimiz obodligi uchun belni mahkam bogʻlab, oʻz hissamizni qoʻshishga kirishganmiz. Ayni sa’y-harkatlarimiz sabab viloyatimizdagi mahalla va guzarlar, xiyobonlar, ko‘chalar hamda ziyoratgohlarda bahorgi obodonlashtirish ishlari doirasida keng ko‘lamli hashar boshlangan.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida xalqaro avtomagistral yo‘llar bo‘ylab tashkil etilgan “yashil belbog‘”larda sug‘orish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov M-39 avtomagistral yo‘lining Termiz, Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlaridan o‘tgan hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari va mavjud ko‘chatlarni parvarishlash jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish va ularni samarali ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, Angor tumanida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi hamda Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida barpo etilayotgan plyaj va dam olish maskanining qurilishi ko‘zdan kechirildi. Loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun