Zarbdor haftalik boshlandi

Date:

Ozodalik, bunyodkorlik, ko‘kalamzorlashtirish ishlari doimiy tarzda olib borilsagina, ko‘chalarimiz, mahallamiz, umuman yurtimiz obod va fayzli ko‘rinish kasb etadi. Shunday ekan, barcha birdamikda, qo‘lni qo‘lga berib, doimiy harakatda, mehnatda bo‘lmog‘i lozim. Surxondaryo viloyatida bahorgi obodonlashtirish ishlarining navbatdagi bosqichini samarali tashkil etish maqsadida zarbdor haftalik boshlandi. Ushbu tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, hududdagi obodonlashtirish ishlarining ahamiyati va maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Termiz shahri va tumanlar studiyalari orqali butun viloyat hududida mazkur tashabbusga rasman start berildi. Obodonlashtirish ishlari doirasida daraxt va gul ko‘chatlari ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda ko‘chalar va mahallalarni ozoda holga keltirish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Barcha vohadoshlarimizni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga hamda yashash hududlarimiz, mahallalar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalar va xiyobonlarning obodligi va ozodaligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chorlaymiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun